Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yo'lga qo'yildi

0

Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro aviaqatnov terminallari o'rtasida avtobus qatnovi yo'lga qo'yildi.

UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05.00 dan 23.30 gacha xizmat ko'rsatadi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» xabar bermoqda.

«Biz yo'lovchilardan terminallarni bir-biriga bog'lash bilan bog'liq ko'plab murojaatlar oldik. Ular ayrim hollarda terminallarni adashtirib, noto'g'ri terminalga kelishadi. Shahardagi terminallar orasidagi masofa taxminan 4 km. Tezkor usul — taksidan foydalanish, ammo taksi narxi har doim ham barcha toifadagi fuqarolar uchun maqbul emas. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda, Uzbekistan Airports terminallararo qatnovchi avtobusni test rejimida yo'lga qo'yishga qaror qildi», — deydi boshqaruv kompaniyasi matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, terminallararo transport har yarim soatda jadvalga muvofiq harakatlanadi. Xalqaro aviakoqatnovlar terminalida avtobus jo'nab ketish zali yonidagi to'xtash joyida avtobuslar uchun ajratilgan yo'lak bo'ylab harakatlanadi, mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi. Avtobus xizmatlaridan hamma barcha hohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.