Uy sharoitida Immunitetni ko'taruvchi choy uchun resept!

0

Immunitet pasayishi organizim kuchsizlanishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida oddiy kasalliklarda ham boshqa kasallikga osongina chalinishga olib keladi!

– O'rtacha kattalikdagi uchta olma kesilib, ustidan 1 litr qaynagan suv solinadi, so'ng past olovda 10 daqiqa qaynatib, 30 daqiqa tindiriladi, ta'bga ko'ra asal qo'shiladi va choy kabi ichiladi.

– apelsinli choy: 1 qism apelsin po'stlog''i, 1 qism qora choy, 1/2 qism limon po'stlog'i. Barcha masalliqlarga qaynoq suv quyiladi: quruq aralashmaning 60 grammi uchun 1 litr. Ta'bga ko'ra apelsinli sirop qo'shilib, 5 daqiqa tindiriladi.

– 6 choy qoshiq qora choy 500 ml qaynoq suvda damlanib, 5 daqiqa tindiriladi, suzib olinadi, sovutiladi, teng miqdorda qora smorodina sharbati bilan birlashtiriladi va 1/3 yoki 1/2 qismga mineral suv bilan aralashtiriladi. Ta'bga ko'ra shakar qo'shish mumkin.

– Teng qismlardan na'matak mevalari qaynatmasi va issiq choy, tabga ko'ra shakar va asal qo'shish mumkin.

– Immunitetni kuchaytirish uchun. 2 qismdan do'lana va na'matak mevalari, 1 qism malina mevalari, 1 qism ko'k choydan iborat aralashma tayyorlanadi. 1 choy qoshiq quruq aralashmaga 1 stakan qaynoq suv nisbatida 30 daqiqaga damlanadi. Asal yoki murabbo qo'shib ichiladi.

– 1 osh qoshiq dala qirqbo'g'im, bir stakan qaynoq suv bilan damlanadi, 1 soat tindiriladi va kun davomida ichiladi.

– 2 osh qoshiq quritilgan ittikanak o'tiga 2 stakan qaynoq suv solib, 1 soat tindirish, so'ng suzib olish kerak. Bu kunlik qabul qilish dozasi.

– Qonni tozalash uchun choy. Qulupnay barglari, ittikanak o'ti, moychechak gullari teng qismlarda olinadi. 1 osh qoshiq quruq arlashmaga bir stakan qaynoq suv nisbatida damlanadi. Choy o'rniga ichiladi.

SoglomHayot