Ushbu tadbir 14-18 sentyabr kunlari Samarqandda ShHT sammiti o'tkazilishi yuzasidan amalga oshiriladi.
Yuqori tezlikdagi elektropoezdlarining harakati 12 sentyabrdan 18 sentyabrgacha 7 ta reysda yo'lga qo'yiladi va quyidagi vaqt oralig'ida harakatlanadi:
767-sonli poezd “Samarqand” vokzalidan soat 11:08da jo'nab, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga 13:18da yetib boradi.
768-sonli poezd “Toshkent-Markaziy” vokzalidan 13:40da jo'nab, “Samarqand” vokzaliga soat 15:48da yetib boradi.