Turk kinosining yulduzli juftligi Burak O'zchivit va Fahrie Evjen egizak farzand kutmoqda

0

Turk aktyori Burak O'zchivit va uning rafiqasi Fahrie Evjenning munosabatlari 2015 yilda boshlangan. Oradan ikki yil o'tib, juftlik turmush qurdi. 2019 yilda ularning Karan ismli o'g'li dunyoga keldi. Endilikda er-xotin egizak farzand kutayotganini rasman tasdiqladi, deb yozadi «Lisa.ru».

Fahrie o'zining shaxsiy sahifasida ushbu yangilik bilan o'rtoqlashdi. 2022 yil yoz boshidan beri juftlikning oilasiga yangi mehmon tashrf buyurishi haqda shov-shuvlar tarqalgandi, ammo oradan biroz vaqt o'tibgina ular bu haqda gapirishga qaror qildi.

Aytgancha, juftlik oilasida doim ham hammasi yaxshi bo'lmagan. Yaqinda ularning munosabatlarida jiddiy muammo borligi haqida xabar paydo bo'ldi. Mish-mishlarga ko'ra, aktyorning xiyonatlari tufayli Fahrie hatto ajrashish uchun ariza bermoqchi bo'lgan. Bundan tashqari, Evjen va Burakning onasi o'rtasida kelishmovchilik yuz bergan, shundan keyin aktrisa uydan chiqib ketgan. Ammo tez orada O'zchivitning o'zi bunga oydinlik kiritdi va hammasi yaxshi ekanini ma'lum qildi.