Gipergidroz (ter ko'p ajralishi) ko'pincha ikkilamchi, ya'ni kasallik natijasida kelib chiqadi. Bu holatga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
– Endokrin tizimi tomonidan disfunksiyalar. Organizmda moddalar almashinuviga ta'sir qilib, tezlashib ketishi natijasida qon tomirlar kengayadi, qon oqishi ko'payadi va oyoq terisi ko'p ter ajrata boshlaydi.
– Qonda qand (glukoza) miqdorining oshishi pastki sohada qon aylanishini buzib, ko'p ter ajaralishiga olib keladi va oyoqlar doimo terlab turadi.
Infeksion kasalliklar viruslar, bakteriyalar sababli ter ko'p ajralishi mumkin. Masalan, sil, OIV infeksiyasi bilan zararlanganda.
Oyoqlarning juda ko'p terlashi onkologik kasallik belgisi ham bo'lishi mumkin.
– Oyoqning zamburug'li kasalliklari, mikoz.
– Ko'p ter ajralishi, ayniqsa, sovuq ter ajralishi yurak-qon tomir sistemasi tomonidan patologiyalarda kuzatiladi.
– Nevrologik kasalliklar, masalan, insultda organizmda umumiy ter ajralishi ortadi, oyoqlarda ham.
Uzoq muddat stressda bo'lish, qonda adrenalin gormoni oshishi hisobiga ter ajralishi ko'payadi.
– Ovqat hazm qilish tomonidan kamchiliklar bo'lsa ham oyoqlarda ter ajralishi ko'payadi.
SoglomHayot