Rossiyaning Yamal aviakompaniyasi Namanganga parvozlarni boshladi

0

Rossiyaning «Yamal» aviakompaniyasining birinchi charter reysi 17 sentyabr kuni bortida 221 yo'lovchi bilan Namangan xalqaro aeroportiga qo'ndi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» xabar bermoqda.

Moskva — Namangan — Moskva yo'nalishi bo'yicha ilk yo'lovchi parvozini amalga oshirgan Airbus A321 samolyoti an'anaviy tarzda suv arcasi bilan kutib olindi.

Yamal Airlines charter muntazam reyslari har shanba kuni «Domodedovo» aeroportidan amalga oshiriladi.