AQSh ma'muriyati rasmiylari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashmaydi

0

Bu haqda AQShning BMTdagi vakili Linda Tomas-Grinfild bugun BBC’ga bergan intervyusida ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh ma'muriyati «Ukrainaning Rossiyaning asossiz bosqinidan o'zini himoya qilish huquqini qo'llab-quvvatlashda davom etadi».

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ham Lavrov bilan hech qanday muloqotni rejalashtirmaganligini aytgan edi.

Bugun Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi boshlandi va Ukrainadagi vaziyat uning asosiy mavzusi bo'ladi.