Ahadjon Abduxalilov, sog'lom hayot targ'ibotchisi
-Ijtimoiy tarmoqlar orqali do'stlar yoki boshqa tanishlar bilan aloqa qilish ruhiy salomatlikka ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, albatta. Ammo ijtimoiy tarmoqlardan shunchaki vaqt o'tkazish uchun foydalanish to'g'risida bunday deya olmaymiz.
-Amerikaning healthline nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yilda AQSh, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Avstraliyada o'tkazilgan xalqaro onlayn tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, pandemiya davrida ijtimoiy tarmoqlardan o'yin-kulgi, maqsadsiz kontentlar tomosha qilish uchun foydalangan insonlarda ruhiy holat yomonlashgan.
-Odatda, insonlar o'zini yolg'iz his qilgani uchun ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o'tkazishadi, ammo bu depressiya alomatlarini yanada oshirishi aniqlangan. Tadqiqotchilar ko'proq odamlar bilan muloqot qilish yoki yolg'izlikda ochiq havoda sayr qilishni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomida tanaffuslar qilishni maslahat berishadi.
«Sog'lom hayot»