Hech kim Rossiyani BMTdagi muhim rolidan mahrum qila olmaydi – Xitoy TIV

0

Bu haqda Van I Sergey Lavrov bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

“Sizni yana ko'rganimdan juda xursandman, aziz do'stim. Biz tom ma'noda boyagina Samarqandda uchrashgandekmiz. BMT AQShda joylashgan, ammo tashkilotning o'zi barchamizga tegishli. Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi va shunday bo'lishi shart”, – dedi Van I.

U Samarqandda Vladimir Putin va Xitoy rahbari ikki tomonlama munosabatlar mavzusini ko'tarib, ko'plab masalalar bo'yicha o'zaro kelishuvga erishganini eslatdi.