Qovun qoqisining foydasini bilasizmi?

0

Tarkibi: S vitamini, folat kislota, natriy, kaliy, kremniy, xlor, oltin.

Qovun qoqida hamma vitamin va minerallar to'liqligicha saqlanadi. Immunitetni kuchaytirib, organizmni quvvatlantiradi. Qoqi kamqonlikda foyda qiladi.

Qovun qoqining doimiy iste'moli yurak-qon tomir tizimini yaxshilaydi.

Siydik yo'lidagi toshlarni parchalaydi. Qoqi suyaklarni mustahkamlaydi.

Qoqi tarkibidagi V9 vitamini homilador ayollarga zarur va foydali. Folat kislotasi tushkunlik, uyqusizlik, ruhiy zo'riqishni yo'qotish va asablarni tinchlantirishda samarali yordam beradi.