Shols Turkiyaning ShHTga to'laqonli a'zo bo'lish niyatidan g'azablanganini aytdi

0

Germaniya kansleri Olaf Shols Nyu-Yorkda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on bilan muzokaralar yakunlari bo'yicha shunday dedi:

«Biz buni qandaydir tarzda dunyodagi yaxshi munosabatlarga juda muhim hissa qo'shadigan tashkilot deb o'ylamaymiz. Shuning uchun [bu yo'nalishdagi] harakatlar va muhokamalar meni juda bezovta qilmoqda.»

Seshanba kuni Shols BMT Bosh Assambleyasi doirasida Erdog'an bilan uchrashib, Ukrainadagi vaziyat, ikki tomonlama munosabatlar masalalari va xalqaro kun tartibini muhokama qildi.