Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo'yicha favqulodda holat e'lon qilinadi

0

“Dam olish kunlari Toshkent viloyati yo'llarida katta tirbandliklar bo'ladi. Chunki hamma Bo'stonliqqa chiqadi. Nega Parkentda ham shunaqa tizim qilmaymiz? Parkent shashligi va somsasini ko'pchilik yaxshi ko'radi-ku. Kecha barcha mas'ullarga topshiriq berdim, Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo'yicha favqulodda holat e'lon qilamiz. Asosiy yuk Bo'stonliqqa tushyapti, lekin bu yerda ham loyihalar oxiriga yetkazilmagan, o'z holiga tashlab qo'yilgan.

Shuncha imkoniyatimiz bor, lekin foydalanmaymiz. Odamlarga sharoit yaratib berilsa, dam olishga chiqishni xohlaydiganlar juda ko'p. Xudoga shukr, xalqimizda pul bor. Lekin ularga yetarli sharoit yo'q”, — dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, prezident Parkent, Angren va Ohangaron tog'li hududlarida zamonaviy turizm klasterlarini tashkil etish ishlarini boshlash vaqti kelganini aytdi.