Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi

0

Turkiya g'arbidagi Denizli provinsiyasi gubernatori Ali Fuat Atikning ma'lum qilishicha, o'rmon yong'inini o'chirishda qatnashgan vertolyot Chardak qishlog'i yaqinida qulagan, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Voqea joyiga qutqaruv guruhlari jo'natilgan.

Chardak shahar hokimi Xyusnyu Yilmaz, Adjigel shahrida yong'inga qarshi vertolyotning qulaganini qayd etgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, vertolyot qulashi natijasida 2 kishi halok bo'lgan, besh kishi jarohatlangan.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi vertolyot bortidagi yetti kishidan besh nafari Rossiya fuqarolari ekanini ma'lum qilgan.