Bekobod tumanida o'qishni ko'chirib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo'limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. boshqa bir fuqaro D.ni qo'shni Tojikiston Respublikasi Xo'jand davlat universitetidagi o'qishini tanishlari yordamida Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetiga ko'chirib berish evaziga 3 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.