Beshik bolaning tayanch-harakat tizimlari rivojlanishiga salbiy ta'sir etadimi?

0

Shifokor Zuhriddin Bahriddinov:
– Beshik bir qator qulayliklarga egaligi bilan birga uning zararlari ham mavjud va ular quyidagilardir:

– Beshikka belash chanoq (bo'ksa) bo'g'imida displaziya aniqlangan va displaziya bilan davolanayotgan bolalarda og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin

-Ayniqsa, qiz bolalarda bo'ksa bo'g'imining og'ir darajadagi artrozlarini keltirib chiqarishi va nogironlikka sabab bo'lishi mumkin. Shunday kasalligi bo'lgan bolalarni beshikka belashda ehtiyot bo'lish kerak.

-Bolani beshikka yotqizishdan oldin uning vujudi siqib yo'rgaklanadi, qo'llari bog'lanadi, oyoqlari ham bir-biriga juda yaqin qilib o'raladi. Bu juda noto'g'ri. Bola vujudi ayni o'sib-rivojlanadigan davrda bunday o'rab-chirmab qo'yish sog'lig'iga jiddiy salbiy ta'sir qiladi.

-Ona bolani yo'rgaklashda yuqorida aytganimizdek, oyoqlar orasini katta ochib, qo'llarini bo'sh qo'yishi, gavda bemalol harakatlanishi uchun sharoit yaratishi maqsadga muvofiqdir.

«Sog'lom hayot»