Chiroqchi, Shahrisabz, Sariosiyo, Yakkabog' va Gulistonda kredit mablag'larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplaens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag'larining talon-toroj qilinishi bo'yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o'z vaqtida qonuniy choralar ko'rilmoqda.

Xususan, Departamentning Chiroqchi tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ch.B.” MChJ va “R.Sh.” dehqon xo'jaligi ta'sischisi J.A. tijorat banki filiali mas'ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, 40 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga ajratilgan jami 2,1 mlrd so'mlik imtiyozli kredit mablag'larini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Shahrisabz tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.T.” dehqon xo'jaligi rahbari T.B. hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi o'rinbosari O.T. bilan o'zaro til biriktirib, baliqchilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 1 mlrd so'm kredit mablag'ini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Sariosiyo tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.A.” fermer xo'jaligi rahbari A.N. tijorat banki filiali mas'ul shaxslari bilan o'zaro til biriktirib, “forel” baliqlarini yetishtirish uchun intensiv havza tashkil etish uchun ajratilgan 1,9 mlrd so'm kredit mablag'ini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Yakkabog' tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “X.N.” MChJ rahbari A.Q. bank filialidan ajratilgan 990 mln so'm kredit mablag'ini hamda garov ta'minotiga qo'yilgan “Y.E” MChJga tegishli issiqxona binosining jami 304,3 mln so'mlik metall quvurlarini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Guliston shahar bo'limi tomonidan bank filialining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.T.” MChJ rahbari Sh.Yu. va boshqalar tijorat banki filialidan olingan 700 mln so'm kredit evaziga sotib olingan polietilen granulalarini sotib yuborib, kredit mablag'larini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here