G7 tashqi ishlar vazirlari 2023 yilning 16-18 aprel kunlari Yaponiyada uchrashadi

0

Yaponiyaning ushbu norasmiy uyushmaga raisligi doirasida G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi kelasi yilning 16-18 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi “Katta yettilik”dagi hamkasblari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Uchrashuv Tokiodan poezdda bir soatcha uzoqlikdagi Nagano prefekturasi tog'larida joylashgan Karuidzava shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Kutilganidek, kun tartibidagi asosiy masalalar Ukraina atrofidagi vaziyat va Xitoyning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mavqeini mustahkamlash bo'ladi.

2023 yilda G7ga raislik Yaponiyaga o'tadi.

tass.ru