Qozog'iston prezidenti lavozimiga nomzodlarni ko'rsatish joriy yilning 23 sentyabridan 11 oktyabriga qadar davom etadi. Bu haqda respublika MSK raisi o'rinbosari Konstantin Petrov ma'lum qildi.
“Qozog'iston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko'rsatish saylov tayinlangan kundan keyingi kundan, ya'ni 23 sentyabrdan boshlanadi va 11 oktyabr kuni soat 18:00 da (mahalliy vaqt bilan) tugaydi”, – dedi Petrov.
Aniqlik kiritilishicha, nomzodlar ko'rsatish huquqi belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan respublika jamoat birlashmalariga tegishlidir.
Qozog'istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 21 sentyabr kuni imzolagan farmonga ko'ra, mamlakatda muddatidan oldin davlat rahbari saylovi joriy yilning 20 noyabrida o'tkaziladi.