Vyacheslav Volodin G'arbning referendumlar o'tkazilishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo'llash tahdidlariga javob berdi

0

Vyacheslav Volodin G'arbning referendumlar o'tkazilishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo'llash tahdidlariga javob berdi:

“Biz qarorlarimizni yaxshi anglab yetganmiz va bizni qo'rqitish kerak emas. Yevrottifoqi sakkiz yil davomida Donbass aholisining genotsidini ko'rmadi, ularning xavfsizligi haqida o'ylamadi. U har kuni tinch aholiga qarata o'q uzayotgan Kiyev rejimini qo'llab-quvvatladi. Qariyalar, ayollar, bolalar qurbon bo'ldi».

Volodinning so'zlariga ko'ra, Yevropa Ittifoqi rasmiylari odamlarning azob-uqubatlarini tushunmaydi, shuning uchun ular nima qilish kerakligi haqida maslahat berishga haqli emas.

“Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisi o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega, bu BMT Nizomida mustahkamlangan”, — deb qo'shimcha qildi u.