Yurtimizda yagona «Elektron ta'lim» tarmog'i joriy qilinmoqda

0

Fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, xususan, turli yosh toifasi uchun mo'ljallangan o'quv kurslari hamda onlayn dasturlarni, professional ta'lim tizimining tegishli darsliklariga kiritilgan media savodxonlik mavzularini ommalashtirish kabi vazifalar ijrosi doirasida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, umumta'lim va «Barkamol avlod» bolalar maktablarining 12 mingdan ortiq kompyuter sinf xonalari, shuningdek, o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari xonasi ichki lokal tarmoq hamda o'qituvchilar xonasi Wi-Fi qurilmalari bilan ta'minlandi.

Shuningdek, umumta'lim muassasalarida Yagona «Elektron ta'lim» tarmog'i yaratilib, 2 ming (20 foiz) maktabda joriy qilindi.

Bundan tashqari 6,5 ming nafar (41 foiz) informatika o'qituvchilari Python, C++, Scratch kabi zamonaviy dasturlash tillari bo'yicha o'qitildi. Shuningdek, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda (Jizzax, Namangan, Xorazm, Samarqand) 2,5 ming nafarga yaqin umumta'lim maktablari direktorlari «AKT savodxonlik» bo'yicha malaka oshirish kurslarida o'qitildi.

Vazirlik tomonidan bir qator elektron ta'lim resurslari (Maktab.uz, Kitob.uz, Edukids, Smartland va boshqalar) ishlab chiqilgan bo'lib, maktab o'quv dasturi bo'yicha tayyorlangan 14 000 dan ortiq videodarslar, 4 000 dan ortiq taqdimotlar, shuningdek, 4 000ga yaqin elektron va audio kitoblar hamda 2 000dan ortiq interaktiv ko'rinishdagi mantiqiy o'yinlar to'plami o'quvchilar foydalanishlari uchun platformalarga joylashtirildi.

Yuqoridagilarga qo'shimcha tarzda, Yagona «Elektron ta'lim» tarmog'ini joriy etish doirasida o'quvchilarga zamonaviy bilim va ko'nikmalarni o'rgatish uchun video va animatsion kontentlarni yaratish yo'lga qo'yildi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here