Chaqaloqning burni qanday tozalanadi?

0

Shifokor Hilola Jumayeva:

– Chaqaloqlar burnini tozalash uchun maxsus aspirator, pipetka, steril salfetkalar va maxsus sho'r suvlardan foydalanish mumkin. Birinchi navbatda burun ichi tiqilmalarini yumshatish kerak.

-Buning uchun pipetka yordamida maxsus sho'r suvlardan 1 tomchi tomizilib, biroz kutiladi. Keyin maxsus aspirator yordamida tortib olinadi.

-Bola ushbu jarayonda uyg'oq bo'lishi kerak. Aspiratorlarni ishlatib bo'lgach, dezinfeksiya qilish lozim. Chaqaloq burnini tozalashda qo'llar, qattiq narsalardan foydalanmaslik kerak. Bu chaqaloq burni yallig'lanib, qonashiga sabab bo'ladi. Ushbu jarayonni to'g'ri bajarish uchun dastlab, shifokor pediatr nazorati ostida qilish tavsiya etiladi.

«Sog'lom hayot»