Tojikiston va Qirg'iziston TIV rahbarlari o'zaro muzokara o'tkazdi

0

Tojikiston va Qirg'iziston TIV rahbarlari Nyu-Yorkda uchrashdi. Tomonlar BMT bosh kotibi o'rinbosari Rozmari Dikarlo ishtirokida qirg'iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.

Tojikiston TIV ma'lumotlariga ko'ra, har ikki davlat ham chegaradagi muammoni tinch yo'l bilan hal qilishga tayyorligini bildirgan. Sirojiddin Muhriddin va Jeenbek Kulubayev erishilgan kelishuvlarga amal qilish muhim ekanligini ta'kidlagan.

Ayniqsa, 2022 yil 19 sentyabr kuni imzolangan protokolga amal qilish zarurligini alohida qayd etilgan.