Shoyguning o'rinbosari Dmitriy Bulgakov o'z lavozimidan ozod etildi

0

Rossiya mudofaa vazirligi qisman safarbarlik boshlanganidan beri birinchi yirik kadrlar o'zgarishini e'lon qildi. Vazir Sergey Shoyguning o'rinbosari, qo'shinlarning moddiy-texnik ta'minoti uchun mas'ul bo'lgan Dmitriy Bulgakov “boshqa ishga o'tgani sababli” lavozimidan ozod etildi.

Uning o'rniga bu lavozimga Mixail Mizinsev tayinlandi. General-polkovnik Mixail Mizinsev bungacha Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari lavozimida ishlagan.

Armiya generali Dmitriy Bulgakov 2008 yil 2 dekabrdan buyon mudofaa vaziri o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.