Tojik-qirg'iz chegarasida barcha harbiy harakatlar to'xtatildi

0

Tojik-qirg'iz chegarasida barcha harbiy harakatlar to'xtatildi. Bu haqda  Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi chog'ida aytib o'tdi.

Uning aytishicha, 19 sentyabr kuni ikki tomonning vakolatli shaxslari vaziyatni tartibga solish bo'yicha Protokolni imzolagan. Hududlarni birgalikda tekshirish tashkil etilgan.

«Ayni paytda Qirg'iziston tomoni erishilgan kelishuvlardan chetga chiqib, qo'shinlar va og'ir harbiy texnikani o'zaro to'qnashuv chizig'idan olib chiqib ketayotgani, ularni chegaradosh aholi punktlarida yashirayotgani haqidagi yolg'on ko'rinishni yaratayotganidan afsusdamiz», dedi TIV rahbari.

«Shuning uchun chegara hududidagi har qanday keyingi keskinlik uchun javobgarlik to'liq Qirg'iziston zimmasiga tushadi», — deya xulosa qildi u.

tass.ru