Buyuk Britaniya Ukrainadagi referendumlar uchun sanksiyalar kiritdi

0

Buyuk Britaniya Ukraina hududida o'z respublikalarining Rossiya tarkibiga qo'shilishi bo'yicha referendumlar o'tkazilishi munosabati bilan 92 shaxs va tashkilotga nisbatan sanksiyalar qo'llanganini e'lon qildi.

Xususan, IMA-Konsalting agentligi va Goznak sanksiyalar ostida qolgan.

Shuningdek, referendumlarni tashkillashtirish uchun mas'ul shaxslarga hamda qator oligarxlar va Rossiyaning yirik davlat kompaniyalari top-menejerlariga nisbatan sanksiyalar joriy etildi, deb yozadi “Interfaks”.

Ro'yxatga “Gazprombank”ning 23 nafar yuqori lavozimli xodimi, “Sberbank”ning 16 nafar xodimi va “Sovkombank”ning o'n nafar vakili – boshqaruv kengashi, direktorlar kengashi, kuzatuv kengashlari a'zolari kiritilgan. Ular orasida Kurchatov instituti prezidenti Mixail Kovalchuk, Sberbank boshqaruvining sobiq a'zosi Bella Zlatkis, Gazprom boshqaruvi raisi o'rinbosari Famil Sadikov va boshqalar bor.

Shuningdek, sanksiyalar ro'yxatidan 2012 yildan 2020 yilgacha bosh vazir o'rinbosari lavozimida ishlagan Sberbank boshqaruvi raisi o'rinbosarlari Anatoliy Popov, Stanislav Kuznesov, Oleg Ganeev, Kirill Sarev, Olga Golodes ham bor. Bundan tashqari, Sberbank investorlar bilan aloqalar markazi rahbari Anastasiya Belyanina va Moskva Skolkovo menejment maktabining sobiq prezidenti Andrey Sharonov ham sanksiyalar ostida qoldi.

Yana 50 nafarga yaqin kishiga referendum o'tkazish munosabati bilan sanksiya qo'yilgan. Ular orasida rossiyaparast ma'muriyat rahbarlari va separatist tuzilmalar vazirlari bor.

Britaniya hukumatining press-relizida qayd etilishicha, sanksiyalar ro'yxatiga Rossiyadan jami 1,2 mingga yaqin jismoniy shaxs va 120 ta tuzilmani qo'shgan.