Nepal ShHT ga qo'shilish niyatida

0

Tashkilot bosh kotibi Chjan Min Sputnik Xitoyga bergan intervyusida Katmanduning mintaqaviy assotsiatsiyaga doimiy a'zo bo'lish istagini qo'llab-quvvatlashini aytdi.

Shu bilan birga, u 2016-yildan buyon muloqot bo'yicha hamkorga aylangan Janubiy Osiyo davlati ShHT bilan energetika, sarmoya, xavfsizlik, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik qilib kelayotganiga e'tibor qaratdi.

Nepalning o'zi uning integratsiyasi masalasi tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining 2023-yilda Hindistonda bo'ladigan yig'ilishida ko'rib chiqilishini kutmoqda. Hozir Katmandu tegishli ariza tayyorlamoqda.