Rianna yana sahnaga qaytdi

0

May oyida farzandli bo'lgan amerikalik mashhur xonanda Rianna so'nggi besh yil ichida ilk konsertini muxlislariga taqdim etadi. Xonanda bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma'lum qildi.

Amerikaning eng boy ayoliga aylangan Rianna o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fevral oyida Arizona shtatining Glendeyl shahrida bo'lib o'tadigan Super Bowl-2023 musobaqasida ishtirok etishini tasdiqlovchi Milliy Futbol Ligasi (NFL) futbol to'pini ushlab turgan qo'lining suratini joylashtirdi.

Rianna oxirgi marta 2018 yilning boshida «Gremmi» mukofotining taqdirlash marosimida ishtirok etgan va uning so'nggi — Anti deb nomlangan, yakkaxon xonanda sifatidagi sakkizinchi albomining premyerasi 2016 yilning yanvar oyida bo'lib o'tgan. Xonanda bu albomni chiqarishidan oldin 3 ta qo'shiqni muxlislariga taqdim etgan.