Xotin-qizlar uchun mo'ljallangan ta'lim kreditini olish tartibi ma'lum qilindi

0

O'zbekistonda joriy o'quv yili uchun 317 milliard so'mdan ortiq imtiyozli ta'lim kreditlari ajratildi.

Ma'lum qilinishicha, tijorat banklari tomonidan 2022/2023 o'quv yili uchun 27 897 nafar talabaga 317 milliard so'mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilgan. Ushbu ajratilgan kreditlarning 242 milliardi (76 foizi) ayollar hisobiga to'g'ri keladi.

Ajratilgan kreditlar bevosita uch tomonlama shartnomaga asosan tijorat banki va oliy ta'lim muassasasi tomonidan nazorat qilinadi. Ya'ni mablag'lar pul ko'chirish yo'li bilan OTM hisobiga o'ktazib beriladi.

Ta'kidlanishicha, imtiyozli ta'lim kreditlarini 12 ta tijorat banklari — «Milliy bank», «Xalq banki», «Agroban», «Mikrokreditbank», «SQB», «Ipotekabank», «Asakabank», «Qishloq-qurilish bank», «Turon bank», «Aloqa bank», «Hamkorbank» hamda «Orient finans bank» ajratmoqda.

Bunda, talaba o'zi yashab turgan hududga yoki ta'lim olayotgan OTMsiga yaqin joydagi istalgan bankka murojaat qilib, ta'lim krediti olishi mumkin. Shuningdek, hozirda Markaziy bank tomonidan «Talim-kredit.uz» platformasi ishga tushirilgan. Bu orqali talaba onlayn ravishda ariza topshirishi mumkin va ariza 1 ish kuni muddatida ko'rib chiqiladi.