Quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun platforma ishga tushirildi

0

Energetika vazirligiga ko'ra, 1 oktyabrdan vazirlik huzuridagi tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasining raqamli onlayn platformasi (energymarket.uz) ish boshladi.

Iste'molchilar ushbu platformadan foydalangan holda mamlakatda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3 yilgacha foizsiz bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan xarid qilishlari mumkin.

Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari narxini to'liq to'lagan iste'molchini xarid qilgan xarajatlarining bir qismi Jamg'arma hisobidan qoplanadi.