Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy noyabr oyida Indoneziyada bo'lib o'tadigan G20 sammitida qatnashishga rozilik bildirdi, deb xabar berdi Ateo Breaking. Bu haqda Indoneziyaning BAAdagi elchisi Husin Bagis ma'lum qilgan.
Agar Zelenskiy va Putin Balidagi sammitga kelishsa, bu ularning mojaro boshlanganidan beri bir joyda birinchi marta chiqishi bo'ladi.
«Ikkalasi ham qatnashishga rozi bo'ldi. Ukraina-Rossiya urushi tufayli vaziyat oddiy emas», — dedi Indoneziya elchisi.

Rossiya hukumat vakili Dmitriy Peskov ham Rossiya Indoneziyadagi G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, biroq ishtirok etish formati hali aniqlanmaganini ta'kidladi.
Zelenskiyning ofisi esa uning G20 sammitidagi ishtirokini tasdiqlamadi. «Qaror hali qabul qilinmadi», — deydi Zelenskiyning matbuot kotibi.