Qiziriq tumanida 2022 yil 1 oktyabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko'ra, tumanning «Yangi hayot» mahallasida yashovchi, R.Arslon (ism-shariflar o'zgartirilgan) 22 sentyabr kuni tuman IIBga bergan arizasida, 18 sentyabr kuni soat 15.00 dan soat 17.00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida, noma'lum shaxs yashash uyi oldidagi do'koniga kirib, do'kon kassasida turgan 1.000.000 so'm pullarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning shu tumanda yashovchi, L.Shodmon sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
1 oktyabr kuni L.Shodmonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.