Nashrning qayd etishicha, AQShning hukmron partiyasidan bir qator qonunchilar turib olgan Saudiya Arabistoni rasmiylariga Amerika qurollarini yetkazib berish bo'yicha embargo, agar amalga oshirilsa, prezident Jo Baydenga cheklangan manevr imkoniyatini qoldiradi.
Qirollik bilan munosabatlarning tanazzulga uchrashi natijasida Vashingtonning Yaqin Sharqdagi pozitsiyasi sezilarli darajada zaiflashishi mumkin, deya qayd etadi gazeta. Uning fikricha, Oq uy Eronning mintaqadagi harakatlaridan xavotirda ekan, tomonlarning hamkorlikdan butunlay voz kechishi deyarli mumkin emas.