Joriy yilning 13 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda kelin qaynonasini urib qiynadi” nomli sarlavha ostida videolavha tarqaldi.
Holat bo'yicha IIV matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.
Videolavhada bir ayol boshqa bir ayolni bosh qismiga qo'li bilan urganligi, jabrlanuvchi ayol esa bu vaziyatda qarshilik ko'rsatmaganligi aks etgan.
Xorazm viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki o'rganishlarga ko'ra, holat Urganch tumani “Shermatlar” mahallasida sodir bo'lgan.
Aniqlanishicha, ushbu xonadonda yashovchi, M.J. o'zaro kelishmovchilik sababli qaynonasi Yo.Sh. bilan nizolashib kelgan va qaynonasini betob bo'lib yotganligidan foydalanib qo'li bilan bosh qismiga urgan, ushbu xolatni jabrlanuvchining turmush o'rtog'i qo'l telefoni orqali videotasvirga olib, joriy yilning 4-noyabr kuni Urganch tumani IIB ga taqdim etgan.
O'z navbatida Urganch tumani IIB tomonidan 4-noyabr kuni fuqaro Yo.Sh. ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, M.J. ning xatti-harakatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Fuqaro Yo.Sh. ga nisbatan kelgusida kelini tomonidan zo'rlik va tazyiq o'tkazilishining oldini olish maqsadida “Himoya orderi” rasmiylashtirildi.