Mishel Obama yangi kitobida aks etgan qiyofasidan nafratlanishini tan oldi

0

AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obamaning ikkinchi esdalik kitob «The Light We Carry» («Biz olib yurgan nur») idan parchalar Guardian’s Saturday jurnalida chop etildi. U kitobda jasorat bilan yashashni va aqlni yengish yo'llarini muhokama qiladi.

«Men 58 yildan beri qo'rqinchli ongim bilan yashadim. U meni bezovta qiladi. U meni zaif ko'rishni yaxshi ko'radi», deya yozadi Obama kitobida.

Bundan tashqari, u ongining bu qismi doim uning tashqi ko'rinishi haqida salbiy fikrda ekanligini va u qachonki oynada o'z aksini ko'radigan bo'lsa, xafsalasi pir bo'lishini yozadi.

«Tashqi ko'rinishim, ayniqsa bo'yim (5’11 dyuym) menga doimo uzimga nisbatan ishonchsizlik beradi», deydi u kitobida.

Obama, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida depressiyaning «past darajadagi shaklini» boshdan kechirganini tan oldi.

«Pandemiya davrida men qilgan ishimni davom ettirdim – virtual saylovchilarni ro'yxatga oldim, nutq so'zladim, xayrli ishlarni qo'llab-quvvatladim, odamlarning dardini tingladim. Biroq shaxsiy ravishda o'z ustimda ishlash yoki haqiqiy o'zgarishlarni amalga oshirish mumkinligini his qilish men uchun qiyinroq edi», deb yozadi u.

«The Light We Carry» («Biz olib yurgan nur») asarida Obama 2016 yilgi prezidentlik saylovlari haqida ham fikr yuritadi.

«Erimning o'rniga prezident sifatida ochiq va uzrsiz ravishda etnik haqoratlarni ishlatib, xudbinlik va nafratni qandaydir ma'qul ko'rgan, irqiy adolat uchun namoyish qilayotgan odamlarni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortgan odamni eshitish meni qattiq larzaga keltirdi. Bu oddiy siyosiy mag'lubiyatdan ko'ra xunukroq narsadek tuyuldi», deya qo'shimcha qiladi u.

Ma'lumot uchun, nashr qilinganidan beri uning birinchi kitobi «Becoming» 50 tilga tarjima qilingan va dunyo bo'ylab 17 milliondan ortiq nusxada sotilgan. «Biz olib yuradigan nur» kitobi ham xuddi shunday eng ko'p sotilgan asarlar ro'yxatida bo'lishi kutilmoqda.