Erdo'g'an AQShni Suriyadagi kurd jangarilariga qurol yetkazib berishda ayblaydi

0

«So'nggi yillarda AQSh Suriyaning terrorchilar harakat qilayotgan hududlariga minglab yuk mashinalarini o'q-dorilar va qurol-yarog' bilan yetkazib berganidan qayg'udamiz», — dedi Turkiya prezidenti.

Uning so'zlariga ko'ra, Vashingtonning Suriyadagi terrorchilarni qo'llab-quvvatlash siyosati Obama davrida boshlangan, Tramp davrida davom etgan va Bayden davrida o'zgarishsiz qolmoqda.