Erkak bolasining ko'z o'ngida xotinining boshiga bolta bilan bir necha marta urdi

0

Farg'ona viloyatining Buvayda tumanida erkak xotini bilan janjallashib qolib, unga bolta bilan jarohat yetkazdi.

Qayd etilishicha, 21 noyabr kuni soat 16:30 larda Buvayda tumani «Turk» mahallasida yashovchi 38 yoshli A.Q. xonadonida turmush o'rtog'i N.Q. bilan oilaviy kelishmovchilik sababli o'zaro janjallashib qolgan. Oqibatda u voyaga yetmagan farzandi ko'z o'ngida xo'jalik boltasi bilan N.Q.ning bosh sohasiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (o'ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o'ldirishga suiqasd qilish) 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.