JSST: Dunyoda qizamiq infeksiyasining keng tarqalish xavfi yuqori

0

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bayonotiga ko'ra, dunyoda millionlab bolalar qizamiq infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida yashamoqda. Chunki koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon ushbu kasallikka qarshi emlash qamrovi sezilarli darajada pasaygan.

Masalan, 2021 yilda qariyb 40 million nafar bola mazkur infeksiyadan himoyalovchi vaksinalarni qabul qilmagan. Xususan, 25 million chaqaloq preparatning birinchi dozasini, 14,7 million o'g'il-qiz esa ikkinchi dozasini o'tkazib yuborgan.

JSST rahbari Tedros Gebreyesusning ta'kidlashicha, COVID-19 pandemiyasi avj olgan davrda asosiy e'tibor shu kasallikdan himoyalanishga qaratildi. Karantin cheklovlari, uydan bemaqsad chiqishga qo'yilgan taqiqlar tufayli Emlash kalendarlariga yetarlicha rioya etilmadi.

Shu sababli kelgusida bolalar o'rtasida qator yuqumli virusli kasalliklar, jumladan, qizamiq infeksiyasi tez tarqalishi mumkin. Bu esa dunyoning barcha mintaqalarida yashovchi o'g'il-qizlar salomatligi uchun jiddiy xavfdir.

Vaholanki, o'tgan yili jahonda qizamiqni yuqtirish bilan bog'liq to'qqiz millionta holat qayd etilgan bo'lib, bemorlardan 128 ming nafari hayotdan ko'z yumgan.

Eslatib o'tamiz, dunyodagi qizamiq bo'yicha murakkab epidemiologik vaziyatni e'tiborga olib, kasallik yurtdoshlarimiz o'rtasida keng tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimizda qizamiq va qizilchaga qarshi milliy emlash kunlari bo'lib o'tmoqda.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here