Buvayda tumanida yosh kelin-kuyov iz gazidan zaharlanib vafot etdi

0

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Farg'ona viloyati Buvayda tumanining gazlashtirilmagan hududida yashovchi yosh kelin-kuyov iz gazidan zaharlanib vafot etgani to'g'risida xabar tarqaldi.

Bosh prokurorning matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bayonotda aytilishicha, voqea bo'yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Matbuot kotibining qo'shimcha qilishicha, mutaxassis tomonidan xonadonda mavjud bo'lgan isitish moslamasi nostandart holatda o'rnatilganligi haqida xulosa berilgan.