Yurtdoshimiz to'rt oylik chaqalog'i bilan murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qoladi. Shuningdek, salomatligi ham yomonlashadi.
Buxorolik K.S. joriy yil fevral oyida Perm shahriga ishlash uchun boradi. Biroq, noyabrda ishdan tashqari vaqtida avtobusdan ehtiyotsizlik oqibatida yiqilib, og'ir tan jarohati oladi. Natijada mehnat qilish qobiliyatini yo'qotib, murakkab moliyaviy vaziyatda qoladi.
Shuningdek, farg'onalik T.R. 2021 yilda turmush o'rtog'i bilan Rossiyada ishlash uchun boradi.
Noma'lum sabablarga ko'ra, T.R.ning turmush o'rtog'i Rossiya hududidan deportatsiya qilinadi. Natijada yurtdoshimiz to'rt oylik chaqalog'i bilan murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qoladi. Shuningdek, salomatligi ham yomonlashadi.
Yurtdoshlarimizga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi tomonidan yordam ko'rsatilib, Perm-Toshkent hamda Sankt-Peterburg-Toshkent yo'nalishlaridagi aviareyslarga chipta olib berildi va Vatanga qaytarildi.