Bayden administratsiyasining transgender amaldori aeroportda yuk o'g'irlaganlikda ayblanmoqda

0

Gap AQShning yadro xavfsizligi bo'yicha maslahatchisi Sem Brinton haqida ketmoqda, deb yozadi Fox News.

Nashrning yozishicha, sentyabr oyi o'rtalarida Minneapolisdagi Sent-Pol aeroporti kameralari u qanday qilib birovning chamadonini tortib olganini va undan egasining ismi yozilgan tegni olib tashlaganini tasvirga olgan.

Shu bilan birga, Vera Bredli ismli shaxs 2,3 ming dollarlik yuki yo'qolganini xabar qilgan.

Keyinchalik Brintonni o'sha chamadon bilan 2 marta ko'rishgan. Avvaliga amaldor yukni o'g'irlaganini rad etgan, biroq keyinroq uni “asabiy charchoq tufayli” olganini tan olgan.

Brintonning so'zlariga ko'ra, u chamadondan boshqa odamlarning narsalarini topib olganida juda qo'rqib ketgan va ularni mehmonxonada qoldirgan. Hodisadan so'ng AQShning yadro xavfsizligi bo'yicha maslahatchisi ta'tilga jo'natildi. Buni Energetika vazirligi tasdiqladi. Agar aybi isbotlansa, u 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.