Rossiyalik malakali shifokor Mixail Lebedev xotirani yaxshilash uchun beshta oddiy mahsulotni sanab o'tdi. Avvalo, unga ko'ra, yashil bargli sabzavotlar dietaga qo'shilishi kerak: salat, shivit, ismaloq, yalpiz va boshqalar.
«Rezavorlar qon aylanishini me'yoriga keltirish, miyaga kislorod yetkazib berishni tezlashtirish va qon tomirlarini himoya qilish orqali intellektual faoliyatni yaxshilaydi. Bu jarayonlar natijasida intellektual imkoniyatlar va axborotni o'zlashtirish qobiliyati ortadi. Pigmentlar xotirani yaxshilashga yordam beradi», – deya qo'shimcha qildi u.
Xotirani yaxshilash uchun zarur bo'lgan yana bir mahsulot – muhim omega-3 yog'lari va yog' kislotalarini o'z ichiga olgan yog'li baliq. Shifokor choy va qahvani ham dietaga kiritish kerakligini ta'kidladi, chunki bu ichimliklar odamning katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash qobiliyatini oshirishi mumkin.
Oxirgi mahsulot – bu protein, yog'lar, tolalar va miyaning to'liq ishlashi uchun zarur bo'lgan ko'plab minerallarning yaxshi manbai bo'lgan yong'oqlar, deb xulosa qildi Lebedev.