Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist Farhod Mahmudov 3 dekabr kuni Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filialida ilk mahorat darsini o'tkazadi.
“2020 yili prezident Shavkat Mirziyoyev “O'zbekfilm”ga tashrifi chog'ida Farhod Mahmudovga VGIKning Toshkent filialida ilk aktyorlik mahorati ustaxonasini ochish borasida topshiriq bergandilar”, – dedi VGIK Toshkent filiali direktori Eldor Yuldashev Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Mahorat darslari bosqichma-bosqich o'tkaziladi, navbatda Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov, taniqli kinorejissyor Nikolay Lebedev ham bor.