Erdo'g'an Rossiya va Ukraina o'rtasidagi muzokaralar shartlarini aytib o'tdi

0

Turkiya prezidentining fikricha, bundan mojarodagi barcha tomonlar manfaatdor bo'lishi kerak.

«Moskva va Kiyev o'rtasidagi muloqot uchun zaminning tezroq tiklanishi barcha tomonlar manfaatlariga javob beradi», dedi u Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan telefon orqali suhbatlari chog'ida.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Rossiya va Ukraina o'rtasidagi muzokaralarni qayta boshlash masalasiga bahorgacha oydinlik kiritish mumkinligini taklif qilgandi.

Uning aniqlik kiritishicha, YeI davlatlari Anqaraning Ukraina masalasi bo'yicha fikrini inobatga olmaydi, biroq «Bryussel Turkiyaga kerak bo'lishi bilanoq ular darhol aloqaga chiqadilar».