Ukraina hukumati: Rossiya harbiylari Xerson viloyatidagi onkologiya dispanserini o'qqa tutdi

0

O'tgan sutka davomida Xerson viloyati Rossiya harbiylari tomonidan 28 marta o'qqa tutildi, dedi Xerson viloyati davlat ma'muriyati rahbari Yaroslav Yanushevich.

«Viloyatning tinch aholi punktlari yana dushman o'qlari ostida qoldi», — deb yozadi u.

Yanushevichning so'zlariga ko'ra, rossiyalik harbiylar Xersonning turar-joylarini o'qqa tutgan, turar-joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi vayron bo'lmoqda.
Xususan, uning so'zlariga ko'ra, rossiyalik harbiylar onkologik dispanserni o'qqa tutgan.

Rossiya tomonining o'qqa tutilishi natijasida o'tgan sutka davomida bir kishi yaralandi, deya qo'shimcha qildi Yanushevich.