O'zbekistonda gaz zapravkalar bir necha kun ishlamasligi haqidagi xabarlar rad etildi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekistonda metan gaz zapravkalari 3-4 kun ishlamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. «Hududgazta'minot»  matbuot xizmati buni rad etdi.

«Ayni paytda gaz ta'minoti sohasi xodimlari tomonidan aholi va ijtimoiy soha ob'yektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun barcha zarur choralar ko'rilmoqda. Shu munosabat bilan magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi bilan bog'liq vaziyat ayrim joydagi mahalliy tarmoqlarga ta'sir ko'rsatgani sababli ba'zi hududlarda viloyat hokimliklari tomonidan avval tasdiqlangan AGQKSh ish jadvallariga o'zgartirishlar kiritilmoqda», deyiladi rasmiy xabarda.

«Hududgazta'minot» AJ ijtimoiy tarmoq faollari va OAV vakillaridan asossiz ma'lumotlarni tarqatmaslik va iste'molchilarni chalg'itmaslikni so'radi.