Ulan-Batorda korrupsiyaga qarshi miting chog'ida namoyishchilar hukumat binosiga bostirib kirishdi.
Videolar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. Mahalliy matbuotning yozishicha, xalqning noroziligiga so'nggi ikki yil davomida eksport qilingan ko'mir o'g'irlanishi fonida yuz bergan mojarolar sabab bo'lgan.
Xitoyga yetkazilishi kerak bo'lgan qariyb 13 milliard dollarlik resursning Xitoyga yetib bormagani uchun hukumatdan aybdorlarni jazolashni so'rash uchun odamlar ko'chalarga chiqgan.
Hozirda hukumat binosi politsiya nazorati ostida ekanligi aytilmoqda. Qurbonlar ma'lum emas.