O'zbekiston bo'yicha joriy yilning 11 oyida soliq organlari tomonidan 135,8 trln so'm tushumlar ta'minlanib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 20 trln so'mga yoki 117 % o'sishga erishildi. Bu haqda Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, soliq turlari kesimida:
-mol-mulk solig'idan 3,6 trln so'm undirilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trln so'mga yoki 157%ga;
-er solig'idan 4,8 trln so'm undirilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 trln so'mga yoki 133%ga;
-AOSdan 2,3 trln so'm undirilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 700 mlrd so'mga yoki 144 %ga;
-QQSdan 30,4 trln so'm undirilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 7,5 trln so'mga yoki 133 %ga;
-JShODSdan 21,5 trln so'm undirilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 trln so'mga yoki 128%ga o'sishga erishildi.