Institut auditoriyasidagi muloqot Konstitutsiyaga doir bilimlarni mustahkamlashga qaratildi

0

Andijon davlat chet tillari institutida Bosh qomusimizning 30 yilligi munosabati davra suhbati tashkil etildi. Muloqotda viloyat sudi raisining o'rinbosari, iqtisodiy sudlov hay'ati raisi Shoyadbek Mirzayev mamlakatimiz Bosh qomusining yaratilish tarixiga oid eng muhim huquqiy bosqich va jarayonlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada nazarda tutilayotgan o'zgarishlar mohiyati xususida so'z yuritdi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, shu jumladan, Konstitutsiya bilan bog'liq tushuncha va tasavvurlarini kengaytirishga qaratilgan uchrashuvda yoshlarning mavzu yuzasidan bilimlari ham sinovdan o'tkazildi. Talabalar Konstitutsiya hamda qonunchilikka doir savol-javoblarda faol ishtirok etishdi.

Eng bilimdon talabalarga badiiy adabiyotlar tuhfa qilindi.