«Tramp demokratiyaga tahdid qilmoqda»

0

Tramp demokratiyaga tahdid qilmoqda, deb yozadi The Independent.

Nashrning qayd etishicha, Tramp yana bir bor 2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilishga chaqirganidan so'ng, u Kongressdagi Demokratik va Respublikachilar partiyalari vakillari tomonidan tanqid qilingan va uning bayonotlari mamlakat demokratiyasiga tahdid solayotganini ta'kidlagan.

«U Amerikaning konstitutsiyaviy demokratiyasiga chek qo'yishga chaqirmoqda. U nazoratdan chiqib, demokratiyamiz uchun xavf tug'diradi», – deydi Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer.

Respublikachi kongressmen Mayk Tyornerning aytishicha, kimdir partiya yetakchisi yoki nomzodi bo'lishidan oldin siyosiy jarayon oldinga siljishi kerak.  Uning fikricha, aholi nomzodga baho berayotganda bunday bayonotni inobatga oladi.

👉 @Geosiyosatuz