«Qamchiq» dovonida YPX xodimlarining hushyorligi sababli yana pirotexnika vositalari aniqlandi

0

️ 2022 yil 6 dekabr kuni soat 00:15 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan «Vodiy-Toshkent» yo'nalishida harakatlanib kelayotgan «Isuzu» rusumli yuk avtomobili to'xtatilib, yukxonasi tekshirilganda, turli xildagi, umumiy soni 196.555 dona pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan pirotexnika vositalari Ohangaron tuman IIBga topshirilgan.